Bog‘lanish

Biznes uchun ERP va AI

Biznesingiz murakkab. Boshqaruvi sodda bo‘lsin.

Biznesingizga mos ERP tizimlarini yaratamiz, tarqoq jarayonlarni bog‘laymiz va takroriy ishlarni avtomatlashtiramiz.

Jarayon namunasiBuyurtma tizim ichida qanday harakatlanadi

Yechimlar

Sizning sohangiz. Sizga mos yechimlar.

Sohangizni bosing: kundalik muammolar va ularning yechimi bosqichma-bosqich ochiladi.

  1. 01Ishlab chiqarishXomashyodan tayyor mahsulot tannarxigacha.
  2. 02Savdo tarmoqlariFiliallar, tovar qoldiqlari va savdo bir joyda.
  3. 03LogistikaHaydovchi arizasidan mijoz to‘lovigacha.
  4. 04DistribyutsiyaBuyurtmadan yetkazib berish va to‘lovgacha.
  5. 05QurilishObyekt, material va xarajatlar nazoratda.
  6. 06Ta’limUniversitetlar va o‘quv markazlari: qabuldan kontrakt to‘lovigacha.
  7. 07Boshqa sohalarXizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlar: murojaatdan hisob-kitobgacha.

Nima quramiz

Bitta tizim, to‘rt qavat.

Yangi dasturni eskisining ustiga qo‘shmaymiz. Mavjud dasturlaringizni ulaymiz, ustiga biznesingizga mos ERP quramiz, takroriy ishlarni avtomatlashtiramiz va rahbarga umumiy holatni ko‘rsatamiz.

Ma’lumot pastdan tepaga oqadi

L4

Boshqaruv paneli

Rahbar umumiy holatni va e’tibor talab qiladigan holatlarni bir joyda ko‘radi.

  • Umumiy holat
  • E’tibor kerak
  • Hisobotlar
L3

Avtomatlashtirish va AI

Takroriy ishlar tizimga o‘tadi. Shubhali holat odamga ko‘rsatiladi, muhim qaror odamda qoladi.

  • Hujjat tekshiruvi
  • Chatdan buyurtma
  • Eslatmalar
  • Qoidalar
L2

ERP yadrosi

Bo‘limlar bir xil, yangilangan ma’lumotdan foydalanadi. Har bir yozuvning tarixi va mas’uli bor.

  • Buyurtmalar
  • Ombor
  • Ishlab chiqarish
  • Moliya
  • Xodimlar
L1

Mavjud dasturlaringiz

Hozirgi dasturlar o‘chirilmaydi. Ular ulanadi va ma’lumot qo‘lda ko‘chirilmaydi.

Masalan:

  • Hisob dasturi
  • Excel
  • Bank
  • Telegram
  • Sayt

Yondashuv

Avval jarayonni tushunamiz. Keyin tizimni quramiz.

  1. 01

    O‘rganamiz

    Jarayonlaringizni ko‘rib chiqamiz, muammolarni aniqlaymiz va qaysi ishni avval yaxshilash kerakligini belgilaymiz.

  2. 02

    Ishga tushiramiz

    Kelishilgan yechimni yaratamiz, mavjud tizimlarga ulaymiz va jamoangiz bilan sinovdan o‘tkazamiz.

  3. 03

    Takomillashtiramiz

    Natijani kuzatamiz, kerakli o‘zgarishlarni kiritamiz va tizimni biznesingiz bilan birga rivojlantiramiz.

Kaizo nomi kaizen g‘oyasidan ilhomlangan: tizim bir marta qurilib qolmaydi, u har kuni yaxshilanadi.

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Loyiha qancha vaqt oladi?

Birinchi ishlaydigan qism, masalan buyurtmalar yoki ombor, odatda 4–8 haftada ishga tushadi. To‘liq tizim 3–6 oy oladi. Aniq muddat jarayonlar soni va ulanadigan dasturlarga bog‘liq, uni o‘rganish bosqichidan keyin aytamiz.

Qancha turadi?

Kaizo arzon yechim emas. Biz tayyor shablon sotmaymiz: tizim biznesingiz qanday ishlasa, shunga moslab quriladi va ishga tushgandan keyin ham rivojlantiriladi. Narx jarayonlar, foydalanuvchilar va integratsiyalar soniga bog‘liq. Aniq taklifni jarayonni o‘rganganimizdan keyin beramiz.

Hozirgi dasturlarimiz nima bo‘ladi?

Ular o‘chirilmaydi. Hisob dasturi, Excel, bank, Telegram va sayt yangi tizimga ulanadi, ma’lumot qo‘lda ko‘chirilmaydi. Qaysi dastur qanday ulanishini o‘rganish bosqichida aniqlaymiz.

Butun biznesni birdaniga o‘zgartirish kerakmi?

Yo‘q. Eng ko‘p vaqt yoki pul yo‘qotilayotgan bitta jarayondan boshlaymiz. U ishlagach, keyingisiga o‘tamiz.

AI nima qiladi?

Takroriy ishlarni bajaradi: hujjatlarni tekshiradi, chatdagi buyurtmani ajratadi, eslatma yuboradi. Shubhali holat odamga ko‘rsatiladi, muhim qaror odamda qoladi.

Qaysi sohalar bilan ishlaysiz?

Ishlab chiqarish, savdo tarmoqlari, logistika, distribyutsiya, qurilish, ta’lim. Boshqa sohalar uchun ham yechim quramiz. Har bir soha sahifasida kundalik muammolar va ularning yechimi ko‘rsatilgan.

Qayerda joylashgansiz?

Jamoamiz Toshkentda. Loyihalarni butun dunyo bo‘yicha olib boramiz: jarayonni o‘rganish, ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash masofadan ham bo‘ladi.

Qanday boshlaymiz?

Telegramda yozing yoki pastdagi formani to‘ldiring. Birinchi suhbatda muammoni va keyingi qadamni birga aniqlaymiz.

Bog‘lanish

Qaysi jarayonni yaxshilashdan boshlaymiz?

Biznesingizdagi vaziyatni aytib bering. Birinchi suhbatda muammoni va keyingi qadamni birga aniqlaymiz.

Yoki qisqacha yozib qoldiring